1 2 3 4 5 6

Barkamol avlod – Vatanning baxti sog‘lom avlod uchun

bet1/6
Sana27.08.2017
Hajmi390.42 Kb.

 

Barkamol avlod –

Vatanning baxti

SOG‘LOM 

AVLOD UCHUN

Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, 

bezakli oylik jurnal 11 (235)-son, 2015-yil, noyabr

“Sog‘lom avlod uchun” jurnali 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 

Mahkamasining 1995-yil 13-aprel 

127-sonli qaroriga asosan 

“Maktabgacha tarbiya” jurnali 

negizida tashkil etilgan. 1996-yil 

yanvardan chiqa boshlagan.

MUASSISLAR:

O‘zbekiston Respublikasi 

Xalq ta’limi vazirligi,

“Sog‘lom avlod uchun” 

xalqaro xayriya fondi

JAMOATCHILIK 

KENGASHI:

Svetlana INAMOVA

Tatyana KARIMOVA

Ulug‘bek INOYATOV

Abdulla ORIPOV

BOSH MUHARRIR:

Muftillo YUSUPOV

TAHRIR HAY’ATI:

Tillaniso ESHBOYEVA

(mas’ul kotib) 

Shomirza TURDIMOV

Sabohat MIRDJALILOVA

Malohat A’ZAMOVA

Manzilimiz: 100000. Toshkent shahri,

Buyuk Turon ko‘chasi, 41.

Telefon 233-18-92 (faks), 233-31-53.

E-mail: jlsaumt@mail.ru

www.jlsau.uz

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi 

tomonidan 2007-yil 3-yanvarda 0102- 

tartib raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Jurnal maketi tahririyatning matbaa 

bo‘limida tayyorlandi.

Biror maqola yoki undan parcha ko‘chirib bosil-

ganda “Sog‘lom avlod uchun” jurnalidan olindi” 

deb izohlash shart. Tahririyat nuqtayi nazariga 

mos kelmagan maqolalar tahlil etilmaydi va 

egalariga qaytarilmaydi.

Navbatchi muharrir: Nilufar Murodova 

Musahhih: Nargiza Normaxmatova

Jurnalda M.Amin, M.Nurinboyev, 

B.Rizoqulov olgan suratlardan foydalanildi.

Bosmaxonaga 2015-yil 5-dekabr kuni  

topshirildi. Ofset usulida chop etildi.  

Qog‘oz bichimi A-4. 

Qog‘oz hajmi 4,0 bosma taboq.  

Nashriyot hisobida 3,8 bosma taboq.  

Adadi 3552 nusxa. ____-buyurtma. 

“KOLORPAK” MCHJ bosmaxonasida chop etildi.

Toshkent shahar, Elbek ko‘chasi, 8-uy.

 

USHBU SONDA:

USHBU SONDA:

8-dekabr – O‘ZbekISTON reSPUbLIkaSI 

kONSTITUTSIyaSI qabUL qILINgaN kUN

Konstitutsiyamiz – faxrimiz ......................................................2

INSON va jamIyaT

“Issiqxona effekti” xatari .........................................................5

rUhIyaT maNZILI

Ezgu tuyg‘ularni so‘roqlab...  ....................................................8

Ta’LIm ISTIqbOLLarI

Zamonaviy ta’lim yoshlar nigohida .........................................10

SOg‘LOm bOLa – SOg‘LOm keLajak

O‘quvchi salomatligi formulasi ...............................................13

ShaXS kamOLOTI

Texnologiyalar asrida o‘smirlar ruhiyati .................................16

IZLaNgaNga ImkON keNg

Ham ilm, ham tadqiqot ..........................................................18

mUTOLaa

“Hayratul – abror” hayratlari ...............................................20

TUyg‘UdagI yOg‘dULar

She’r va shoirlik haqida .........................................................23

IbN SINO darSXONaSI

Varikoz kasalligi xavflimi? .....................................................25

faN va ZakOvaT

Mashhur son haqida eski va yangi gaplar ...............................28

aLPOmISh avLOdLarI

Olimpiadaga yo‘llanma naqd .................................................31

BIRINCHI BET:

8-dekabr – O‘zbekiston 

Respublikasi Konstitutsi-

yasi qabul qilingan kun

TO‘RTINCHI BET:

Obuna – 2016



Sog‘lom avlod uchun

 | 


11

 | 


2015

2

KONSTITUTSIYAMIZ – 

FAXRIMIZ!

8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi 

Konstitutsiyasi qabul qilingan kun

Har bir davlat huquq tizimida ko‘plab 

qonunlar mavjud bo‘ladi. Biroq ular orasi­

da eng asosiysi sifatida e’tirof etiladigani 

Konstitutsiyadir! Hayotimizning barcha 

jabhalarida amalga oshirilayotgan keng 

ko‘lamli islohotlarning asosiy maqsadi 

mamlakatimizda demokratik huquqiy dav­

lat qurish va kuchli fuqarolik jamiyatini 

shakllantirishdir. Bundan 23 yil avval qa­

bul qilingan Bosh Qomusimiz muhim va­

zifalarni hayotga tatbiq etishda va oldi­

mizga qo‘ygan maqsad sari og‘ishmay 

borishda mustahkam asos bo‘lib xizmat 

qilmoqda. Mamlakat ichki va tashqi siyo­

satini yuritish, demokratiya hamda ijtimo­

iy adolatni ta’minlash, inson huquq­man­

faatlarini himoya qilishda shu davlatning 

asosiy bosh qonuni – Konstitutsiyasi mu­

him ahamiyatga ega. 

Prezidentimiz Islom Karimov rahbarli­

gidagi Konstitutsiyaviy komissiya tomoni­

dan ikki yil davomida ishlab chiqilgan va 

ikki yarim oy davomida umumxalq muho­

kamasida bo‘lgan Bosh Qomusimizning 

loyihasiga 1991­yil 31­avgustda qabul qi­

lingan “O‘zbekiston Respublikasining 

Dav  lat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi 

Konstitutsiyaviy qonun asos qilib olindi. 

Konstitutsiya inson huquq va erkinligini, 

xalq manfaatlarini himoya qiluvchi Asosiy 

qonun sifatida e’tirof etilar ekan, umum­

xalq muhokamasiga qo‘yilishi tabiiydir. 

Konstitutsiyamizning ilk loyihasi matbuot­

da e’lon qilinganda xalqimiz tomonidan 

olti mingdan ziyod takliflar bildirildi va 

ulardan hamda jahon konstitutsiyaviy taj­

ribasidan keng foydalanildi. 

Yurtboshimiz O‘zbekiston Respublika­

sining Konstitutsiyasi qabul qilinganining  

22 yilligiga bag‘ishlangan ma’ruzasida 

“Kons titutsiyamizda belgilab berilgan aso­

siy maqsadlarimiz barchamizga yaxshi ma’­

lum, ya’ni Bosh qomusimiz bozor iqtisodi­

yotiga asoslangan mustaqil demokratik 

davlat qurish, inson manfaatlari, huquq va 

erkinliklari, qonun ustuvorligi va mamlaka­

timiz barcha fuqarolari uchun qonun oldida 

tenglik tamoyili ta’minlanadigan fuqarolik 

jamiyatini shakllantirishning mus 

tahkam 

poydevorini yaratib berdi”, – deb ta’kidla­

gan edi. 

Yurtimizda mustaqillikdan so‘ng inson 

erki, uning huquqlari qonun bilan himo­

yalandi. Konstitutsiyamiz qabul qilinishi 

bilan ijtimoiy va davlat qurilishidagi mu­

nosabatlar hamda milliy qonunchiligimiz­

ning barcha sohalarini tartibga soluvchi 

aniq huquqiy mexanizm vujudga keldi. 

Konstitutsiyaga hurmat Vatanga, xalqqa 

bo‘lgan sadoqat ifodasidir. Bu esa jamiyat 

hayotining mezoni bo‘lgan Konstitutsiyani 

chuqur va har tomonlama o‘rganishni, 

uning ma’nosiga yetib borib, amaliy hayo­

timizning doimiy qo‘llanmasiga aylantirish­

ni taqozo etadi. Shu ma’noda Konstitutsi­

yani o‘rganish borasida Prezidentimiz 

2001­yil 4­yan varda “O‘zbekiston Respub­

likasi Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil 

etish to‘g‘ risida”gi Farmoyishi qabul qilin­

di. Farmoyishga binoan Konstitutsiyamiz 

maktabgacha ta’lim muassasalari, mak­

tablar, akademik litsey va kollejlar, oliy 

o‘quv yurtlarida ham o‘rganiladi. Shu maq­

sadda ko‘p lab darslik, risola va maxsus 

qo‘llanmalar nashr etildi. 

Asosiy Qonunimizda qonun ustuvorli­

gi mustahkamlab qo‘yilgan hamda bironta 

ham qonun yoki boshqa normativ­huquqiy 

hujjat Konstitutsiyaga zid bo‘lishi mumkin 

emasligi qat’iy ko‘rsatib o‘tilgan. Darha­



Sog‘lom avlod uchun

 | 


11

 | 


2015

3

8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi 

Konstitutsiyasi qabul qilingan kun

qiqat, qonun ustuvor bo‘lgan davlatdagina 

barqarorlik bo‘ladi, fuqarolarning huquq­

lari to‘laqonli ta’minlanadi. Konstitutsiya­

mizda ko‘zda tutilgan huquq va erkinliklar 

xalqaro huquqning umume’tirof etilgan 

prinsiplariga to‘la mos keladi. 1948­yilda 

qabul qilingan Inson huquqlari Umumja­

hon Deklaratsiyasida ko‘zda tutilgan inson 

huquqlari ham Konstitutsiyamizda mus­

tahkamlab qo‘yilganligi fikrimiz isbotidir. 

Xususan, har bir insonning yashash 

huquqi, erkinligi va shaxsiy daxlsizligi 

qonuniy kafolatlangan. Shuningdek, Kons­

titutsiyada hech kim qiynoqqa solinishi, 

zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr­

qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi 

tazyiqqa duchor etilishi mumkin emasligi, 

hech kimda uning roziligisiz tibbiy yoki 

ilmiy tajribalar o‘tkazilishi mumkin emas­

ligi, har kim o‘z sha’ni va obro‘siga qilin­

gan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga ara­

lashishdan himoyalanishi belgilab qo‘yil­

gan.  Shuningdek, hech kim qonun nazar­

da tutgan hollardan va tartibdan tashqari 

birovning turarjoyiga kirishi, tintuv o‘t­

kazishi yoki uni ko‘zdan kechirishi, yozish­

malar va telefonda so‘zlashuvlar sirini osh­

kor qilishi mumkin emas. O‘zbekiston 

Respublikasi fuqarosi Respublika hududi­

da bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish, 

O‘z  bekiston Respublikasiga kelish va un­

dan chiqib ketish huquqiga ega. Bundan 

tashqari, Bosh Qonunimizda fikrlash, so‘z 

va e’tiqod, vijdon  erkinligi, axborot izlash, 

olish va uni tarqatish huquqi kabi o‘nlab 

huquqlarimiz ham mustahkamlab qo‘yil­

gan.


Konstitutsiyamizda siyosiy huquqlari­

miz kafolatlanganligi esa fuqarolarning 

o‘z qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqa­

rish borasida, shuningdek, jamiyat va dav­

lat ishlarida ishtirok etishda siyosiy faolli­

gini ta’minlashga xizmat qiladi. Asosiy 

Qo 

nunimizda fuqarolarning jamiyat va 

davlat ishlarini boshqarishda bevosita ham­

da o‘z vakillari orqali ishtirok etish, kasaba 

uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va 

boshqa jamoat birlashmalariga  uyu shish, 

ommaviy harakatlarda ishtirok etish, shu­

ningdek, davlat organlariga, muassasalari­



Sog‘lom avlod uchun

 | 


11

 | 


2015

4

8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi 

Konstitutsiyasi qabul qilingan kun

ga  yoki xalq vakillariga ariza, taklif va 

shikoyatlar bilan murojaat qilish hu quqlari 

siyosiy huquq sifatida mustahkamlangan­

ligini alohida ta’kidlash joiz. Bundan tash­

qari, Konstitutsiyaga ko‘ra, har bir shaxs 

mulkdor bo‘lishga haqli. Bu mulk chilikning 

turli shakllariga asoslangan bozor iqtisodi­

yoti rivojlanishi va barqarorligini ta’min­

lashga xizmat qiladi, albatta. Shu bilan 

birga, har bir shaxsning mehnat qilish, er­

kin kasb tanlash, qariganda, mehnat la­

yoqatini yo‘qotganda, shuningdek, boquv­

chisidan mahrum bo‘lganda va qonunda 

nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy 

ta’minot olish, malakali tibbiy xizmatdan 

foydalanish, bilim olish hamda ilmiy va 

texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuq­

laridan foydalanish hu quqi kafolatlangani 

respublikamizda barcha fuqarolarning 

manfaatlari millati, tili, dini, boshqa xusu­

siyatlaridan qat’i nazar teng himoya qilin­

ganligi ifodasidir. O‘zbekiston ham ko‘p 

millatli davlat hisoblanadi. Yurtimizda 130 

dan ziyod millat va elat vakillari bu mubo­

rak zaminni o‘z Vatani deb biladi. Millatla­

raro totuvlik va hamjihatlik – umumbasha­

riy qadriyat. U muayyan jamiyatda yashab, 

yagona maqsad yo‘lida mehnat qilayotgan 

turli millat va elat vakillari ahilligining 

ma’ naviy asosini mustahkamlaydi, shu hu­

duddagi tinchlik va barqarorlikning, ta­

raqqiyotning kafolati bo‘lib xizmat qiladi.

Konstitutsiyamizga rivojlangan davlat­

lar ilg‘or tajribasidan kelib chiqib bugungi 

kunga qadar bir qator o‘zgartirish va qo‘­

shimchalar kiritildiki, bu davlat hokimiyati 

va boshqaruvini yanada takomillashtirish­

ga xizmat qildi. Jumladan, 2014­yil 16­ap­

reldagi “O‘zbekiston Respublikasi Konsti­

tutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgarti­

rish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘ risida 

(32, 78, 93, 98, 103 va 117­mod dalarida)”gi 

Qonunga asosan O‘zbekiston Respublika­

sining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini 

boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari 

orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. 

Bunday ishtirok etish o‘zini­o‘zi boshqa­

rish, referendumlar o‘t kazish va davlat or­

ganlarini demokratik tarzda tashkil etish, 

shuningdek, davlat organlarining faoliyati 

ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlanti­

rish va takomillashtirish yo‘li bilan amalga 

oshiriladi. Davlat organlarining faoliyati 

ustidan jamoatchilik nazoratini amalga 

oshirish tartibi qonun bilan belgilanadi. 

Bosh Qomusimizdagi ushbu o‘zgarti­

rish va qo‘shimchalar hokimiyat va bosh­

qaruv tizimini yanada demokratlashtirish, 

“Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jami­

yati sari” prinsipi bosqichma­bosqich amal­

ga oshirilishini ta’minlash, O‘zbekiston 

Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining 

davlat hokimiyati organlari tizimidagi roli­

ni, ichki va tashqi siyosatning strategik 

vazifalarini amalga oshirishdagi huquq va 

vakolatlarini kengaytirish, Vazirlar Mah­

kamasi hamda ijro etuvchi organlar faoli­

yati ustidan qonun chiqaruvchi oliy organ­

ning, hokimiyat vakillik organlarining na­

zorat funksiyalarini kuchaytirish, shuning­

dek, hukumatning, mahalliy ijro etuvchi 

hokimiyat organlarining mamlakatni ijti­

moiy­iqtisodiy rivojlantirish vazifalarini 

ro‘ yobga chiqarish borasidagi mas’uliyati­

ni oshirish maqsadida kiritildi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Bosh 

Qomusimiz jahonda amaldagi eng demok­

ratik Asosiy Qonunlardan biri bo‘lib, dav­

latimiz va jamiyatimizning rivojlanishi, 

demokratik islohotlar jadalligi va samara­

dorligini oshirish maqsadida o‘zaro ham­

korlik qilish uchun barcha huquqiy sharo­

itlarni yaratib bermoqda. Huquqiy davlat 

va demokratik jamiyat barpo etilayotgan 

respublikamizda hayotimizning barcha ji­

hatlarini tartibga solib turuvchi qonunlar 

shubhasiz juda muhim. Bosh Qonunimiz – 

Konstitutsiya esa bu borada mustahkam 

himoya, eng yuksak qonun sifatida xizmat 

qilaveradi.

    Anvar RO‘ZIYEV,

Navoiy viloyati Adliya boshqarmasi 

boshlig‘i.



Sog‘lom avlod uchun

 | 


11

 | 


2015

5

Inson va jamiyat

“Velosipedda kelajak sari” loyihasi doira­

sida Vetnamdan Fransiyaga sayohat qilgan 

global iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish fa­

ollari Saymon Nelson va Nguen Ngan O‘zbe­

kistonda bo‘lib, o‘z taassurotlarini so‘zlab be­

rish di: – Mazkur loyiha 2015-yilning noyabr oyi- da Parij shahrida global iqlim o‘zgarishiga  qarshi kurash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan xalqaro  konferensiya oldidan amalga oshirilmoqda, –  dedi biz bilan suhbatda shotlandiyalik Say- mon Nelson. – Men 15 yildan buyon iqlim  o‘zgarishining insoniyatga ta’sirini o‘rgana- man. To‘plagan tajribalarim haqida esa ra- fiqam, vetnamlik yozuvchi Nguen Ngan bilan  birga Parijda bo‘lib o‘tadigan konferensiya  ishtirokchilarini va yo‘l-yo‘lakay sayohat qil- gan mamlakatlar aholisini xabardor qilishga  qaror qildik. O‘zbekistonga qadar 6 ta mamla- katni kesib o‘tdik. Mo‘ljalimiz 11 mamlakatni  velosipedda bosib o‘tish. Yurtingiz odamlari  juda mehmondo‘st ekan. Qayerda to‘xtamay- lik bizni juda ham shirin qovun va tarvuzlar  bilan mehmon qilishdi. Lekin suhbatimiz  chog‘ida ularning ko‘pchiligi iqlim o‘zgarishi  va uning oqibatlari haqida yetarlicha ma’lu- motga ega emasligi ma’lum bo‘ldi. Buni Osiyo  va MDHning boshqa mamlakatlarida ham  kuzatish mumkin. Mazkur muammo borasida  aholi xabardorligini oshirish va iqlim o‘zgari- shiga adaptatsiyani kuchaytirish lozim. 

Mazkur maqola orqali keng jurnalxonlar 

auditoriyasini iqlim o‘zgarishlari mohiyati bi­

lan bir qadar tanishtirishni, xabardorligini 

o shirishni maqsad qildik.

Global iqlim o‘zgarishi – XXI asrning aso­

siy muammolaridan biri. Insoniyatning ta­

raqqiyotga erishish yo‘lida tabiatga nisbatan 

e’tiborsizlik bilan munosabatda bo‘lishi atrof­

muhitdagi muvozanatning izdan chiqishiga 

sabab bo‘lmoqda. Atmosferada issiqlik gazlari 

haddan tashqari ko‘p miqdorda to‘planishi 

dunyo miqyosidagi barqaror iqlim jarayonla­

rining o‘zgarishiga olib kelmoqda. Ularning 

bunday g‘ayritabiiy ko‘payishi inson faoliyati, 

chunonchi: energiya ishlab chiqarishda, kim­

yo sanoatida va boshqa ishlab chiqarishlarda 

neft, gaz va ko‘mirdan me’yoridan ortiq foy­

dalanilishi natijasida yuz berayotir. Miqdori 

yildan­yilga ko‘payib borayotgan asosiy issiq­

lik gazlari oksidlangan gaz va metan bo‘lib, 

ma’lumki, metan tabiiy gazning asosiy ele­

menti hisoblanadi. Ushbu gazlar atmosferada 

to‘planib, sayyoraning qizigan sirti taratuvchi 

ortiqcha issiqlik kosmosga tarqalishiga yo‘l 

qo‘ymaydi va atmosferaning isishiga sabab 

bo‘ladi.

Iqlim o‘zgarishi sababi hisoblangan issiq­

xona gazlari:

– suv bug‘i;

– karbonat angidrid (CO

2

);

– metan (CH

4

);



Sog‘lom avlod uchun

 | 


11

 | 


2015

6

Inson va jamiyat

– azot oksidi (N

2

O);


– gidroftoruglerodlar (GFU);

– perftoruglerodlar (PFU);

– oltingugurt geksaftoridi (SF

6

).

Yer o‘z yuzasidagi infraqizil nurlarni fazo­

ga qayta chiqarmaslik xususiyatiga ega. Ular 

yerni issiq “ko‘rpa”ga o‘rab, issiqxona sama­

rasini beradi va Yerdagi haroratni saqlab tura­

di. Mazkur jarayon Yerdagi tiriklikni ta’min­

laydi. Issiqxona gazlarisiz Yer hozirgidan tax­

minan 30 daraja sovuqroq bo‘lar edi. Ammo 

afsuski, inson faoliyati natijasida atmosferaga 

yuqorida keltirib o‘tilgan gazlar chiqaril­

moqda. Raqamlarga e’tibor beradigan bo‘lsak, 

bir kunda dunyoda 9 milliard litr neft yoqili­

shiga guvoh bo‘lamiz. Buning natijasida ha­

vodagi CO

2

 ning miqdori yiliga 30 foizga ortib 

bormoqda. Uning oqibatlari esa xatarli. Haro­

rat oshishi natijasida muzliklar eriydi. Okean 

suvining harorati va fizik xossalari, okean 

oqimlari, mazkur oqimlarga bog‘liq bo‘lgan 

mamlakatlarda iqlim, global gidrologik sikl va 

iqlimni yaratuvchi global jarayonlar o‘zgara­

di. Oqibatda yog‘ingarchiliklar amplitudasida 

katta o‘zgarishlar yuz berib, u o‘ta ko‘p yog‘in 

yog‘ishi yoki umuman yog‘masligi bilan belgi­

lanadi, qurg‘oq chilik va toshqinlar soni ko‘pa­

yadi, tabiiy ofatlar – tornado, tayfunlar, sellar, 

ko‘chkilar yuz beradi. Bir qarash da bu uncha 

qo‘rqinchli bo‘lib tuyulmasligi mumkin. Ammo 

Yerdagi harorat yana 5 darajaga ko‘tarilsa, 

barcha jarayonlar orqaga qaytarib bo‘lmaydi­

gan tus oladi va sayyoramizdagi har qanday 

hayotga jiddiy xavf tug‘diradi. Insonning bio­

logik tur sifatida yashab qolish masalasi kun 

tartibidan o‘rin oladi. Ayni shu sababli bu 

muammo olamshumul ahamiyat kasb etadi. 

1995­yilda ishlab chiqarilgan avtomobillar 

2010­yildagiga nisbatan 38 marta ko‘p zaharli 

gazlarni atmosferaga chiqaradi. Yirik shahar­

lardagi avtomobil sanoat va gaz tutunlaridan 

yiliga 400 ming odam halok bo‘lib, minglab 

odamlar turli kasalliklarga chalinadi. Ovqat 

tayyorlash uchun yopiq xonalarda yoqilgan 

olovdan yiliga 2 millionga yaqin odam zahar­

lanib o‘ladi. Dunyodagi har 8­o‘lim havoning 

ifloslanishi bilan bog‘liq. Katta avtomobil yo‘li 

yoqasida yashayotgan bolalar autizmga ko‘p­

roq chalinadi. Kimyo zavodlari mavjud hu­

dudlar aholisining o‘rta 

cha umri 10 yilga 

qisqarmoqda.

Iqlim o‘zgarishi muammosi O‘zbekistonga 

ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Sodir 

bo‘lishi mumkin bo‘lgan oqibatlar qatorida 

quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

– suv resurslari taqchilligining kuchayishi;

– o‘rtacha haroratning oshishi;

– yog‘ingarchiliklarning notekis taqsimla­

nishi;

– yog‘ingarchiliklarsiz qurg‘oqchilik uzoq 

davom etishi va ko‘p miqdorda yog‘ingarchi­

lik bo‘lishi;

– qishloq xo‘jaligida yetishtirish uchun 

maqbul ekinlar tarkibi butunlay o‘zgarishi;

– harorat rejimi kuchayishi natijasida aho­

li salomatligi bilan bog‘liq muammolar ko‘pa­

yishi;

– o‘simliklar va hayvonlarning aksariyat 

turlari yashaydigan areallar qayta taqsimla­

nishi, demak, ekologik jarayonlar, beriladigan 

mahsulotlar va bajariladigan funksiyalar tub­

dan o‘zgarishi;

– sahrolashish jarayonlarining kuchayishi, 

yashash va xo‘jalik yuritish mumkin bo‘lgan 

yerlar kamayishi;

– iqtisodiyot sektorlari ta’sirining to‘liq 

qayta taqsimlanishi va boshqalar.

Albatta, iqlim o‘zgarishi natijasida ko‘ri­

lishi mumkin bo‘lgan zararni hali hech kim 

hisoblagani yo‘q. Xo‘sh, inson faoliyati iqlim 

o‘zgarishiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Avvalo, 

bu avtomobillardan chiqayotgan zaharli gaz­

lar, neft, gaz, ko‘mir va o‘tinni yoqish oqiba­

tida ajraladigan CO

2

, atmosferadagi aerozollar, 

sement sanoati hisobiga bo‘ladi. Shuningdek, 

dehqonchilik, ozon qatlamining yupqalashi­

shi, chorvachilikning rivoji, o‘rmonlarning 

kesilishi ham iqlim o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsa­

tadi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, 1901– 

2012­yillarda o‘rtacha global harorat Selsiy 

bo‘yicha 0,89 darajaga ko‘tarilgan. Bu 1400 

yil mobaynidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. 

Xavotirli tomoni shundaki, bu jarayon davom 

etishi bashorat qilinmoqda. Ya’ni 2016–2035­ 

 

yillarda sayyoramizda havo harorati yana 

0,3–0,7 darajaga ko‘tarilishi ehtimoldan xoli 

emas. Buning oqibatida yaqin o‘n yillikda ha­

vo keskin sovub ketishi, qish chillasida haro­

rat 20–30 daraja issiqqa ko‘tarilishi, yozda esa 

havoning sovub ketishini kuzatish mumkin. 

Eng achinarlisi, issiqxona effekti tufayli tog‘­

lardagi muzliklar zahiralarining erishi natija­

sida ichimlik suvi kamayib boradi. 1960­ yildan 



Sog‘lom avlod uchun

 | 



Do'stlaringiz bilan baham:

©2018 Учебные документы
Рады что Вы стали частью нашего образовательного сообщества.
?


barnes-foundation-26.html

barnes-foundation-30.html

barnes-foundation-35.html

barnes-foundation-4.html

barnes-foundation-44.html